So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

10 apr 17:04
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda yana Sidney Jekson xotira turniri o'tkazilishi Osiyo boks konfederaciyasi etirofida

Teglar :  BoksSidney Jekson
Kuni kecha Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati O'zbekistonda o'tkaziladigan Sidney Jekson xotira turniriga bag'ishlangan katta maqola chop etdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu maqolani o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiborimizga havola qildi. 

"O'zbekiston boks federaciyasi ananaviy Sidney Jekson xotira turniri yana o'tkazadi, ushbu musobaqa 2021 yilgi musobaqalar taqvimidan o'rin oldi", deb boshlanadi maqola. 

Osiyo boks konfederaciyasi Ijroqo'm azosi, O'zbekiston boks federaciyasi birinchi vice-prezidenti Saken Polatov ushbu musobaqani yana o'tkazilishini malum qildi. O'zbekiston Ammanda o'tkazilgan Osiyo/Okeaniya licenzion turnirida 7 ta yo'llanmaga ega chiqdi. Ularning 6 tasi erkaklar, 1 tasi esa istedodli bokschi qiz tomonidan qo'lga kiritildi. 

Sidney Jekson XX asrning birinchi yarmida O'zbekistonda boks asoschilaridan biri bo'lgan. Musobaqa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, mamlakatda boks rivojiga katta hissa qo'shgan Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladi. U 1920 yildan so'ng mamlakatda ilk murabbiy bo'lgan va o'zbek bokschilarining dastlabki avlodini tarbiyalagan. 

Musobaqa 2021 yilda yana o'tkaziladi. Bahslarning o'tkazilish sanalari jahon Olimpiya licenzion turniridan so'ng malum bo'ladi. O'zbekiston boks federaciyasi ushbu musobaqaga jahonning eng etakchi mamlakat bokschilarini taklif etishni maqsad qilgan. SHuning uchun ham musobaqa 2021 yilning eng yorqin turnirlaridan biri bo'lishi mumkin. Toshkent mezbonlik qiladigan yangicha ko'rinishdagi Sidney Jekson xotira turniri "A" klass toifasidagi musobaqa bo'lishi kutilmoqda. 

Sidney Jekson xotira turniri o'tgan asrning 60-yillarida o'tkazila boshlangan. 50 yil davomida, Sobiq Ittifoq paytida musobaqa o'zbek bokschilarining tajriba to'plashi uchun xizmat qilgan. So'nggi marotaba turnir 2014 yili tashkil etilgan. SHu paytgacha ushbu musobaqa 48 marotaba o'tkazilgan. 

O'zbek boksi yulduzlari ichida 1975 yili Alisher Risqiev ushbu turnir oltin medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Sovet Ittifoqi davrida Rufat Risqiev, Vladimir SHin kabi o'zbek boksining darg'alari ham musobaqada g'olib chiqishgan. 

Mamlakat mustaqillikni qo'lga kiritganidan so'ng 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Muhammadqodir Abdullaev, ikki karra jahon chempioni Abbos Atoev, ikki karra Osiyo o'yinlari g'oliblari Elshod Rasulov va Bahodirjon Sultonovlar Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan turnir g'olibi bo'lishgan. Rio Olimpiadasi g'oliblaridan Fazliddin G'oibnazarov va Hasanboy Do'smatov ham ushbu musobaqada oltin medalga sazovor bo'lishgan. 

2014 yilda so'nggi marotaba o'tkazilgan Sidney Jekson xotira turnirida Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Rustam To'laganov, qirg'izistonlik Azat Usenaliev kabi yulduzlar o'z vazn toifalarida g'olib chiqishgan. London Olimpiadasi bronza medali, jahon chempionati finalchisi hisoblangan qozog'istonlik Ivan Dichko 2014 yili tashkil etilgan turnirda +91 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqqandi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

   
10 apr 17:48:53
.Sherzod.
Yosh bokschilar uchun katta imkoniyat
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing