19 may 17:14
Yangiliklar

O'zbekistonlik murabbiyning sobiq shogirdi koronavirus uchun test topshirdi
"Test menda koronavirus yo'qligini isbotladi. SHunga qaramay karantinda qolishda davom etaman", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Kovalyov.
Malumot uchun, Sergey Kovalyov AQSHda istiqomat qiladi. Pandemiya boshlanganidan beri Kaliforniyada yashayapti. Bokschi so'nggi bor 2019 yilning noyabr oyida ringda ko'rinish bergandi. O'shanda u Saul Alvaresga imkoniyatni yutqazish barobarida o'ziga tegishli WBO chempionlik kamarini ham boy bergandi.
Sergey Kovalyov o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursurpo'latov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazgan va u boshchiligida chempionlik kamarini ham qo'lga kiritgan. Rossiyalik bokschi shu yilning aprel oyida Sallivan Barrera bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin pandemiya sabab jang bekor bo'lgandi.
Fikrlar