11 may 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik sportchi oldida UFC va Bellator'dan taklif bor
O'zbekistonlik professional muaytaychi Anvar Boynazarov faoliyatini boshqa sport turida davom ettirishi mumkin.
Bu haqida sportchi Instagramdagi jonli efir vaqtida jurnalist Hilola Isoqovaga malum qildi.
"Hozir Amerikaga qaytib keldim. Kaliforniyada vaznimdagi kuchli sportchilar, UFCdagi TOP-10 sportchilari bilan birga MMA bo'yicha o'rganishlarni olib boryapman. Avgustda "Glory" bilan shartnomam yakunlanadi. Ayni paytda oldimda takliflar bor - UFC, Bellator... SHuningdek, boksdan ham takliflar bor. CHunki, boks qoidalari asosida raqiblarimni ko'p nokautga uchratganman, shuning uchun bu borada ham taklif tushdi", - dedi Anvar Boynazarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar