So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

06 iyu 13:50
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik sportchilar “Xalqaro Olimpiyachilar forumi”da ishtirok etishdi

Teglar :  Forum
Rossiyaning Moskva shahrida 16 mamlakatdan 100 dan ziyod sportchilarni o'zida jamlagan “Xalqaro Olimpiyachilar forumi” bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad yosh atletlarni sportdagi yangi tendenciyalar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Ushbu xalqaro forumda O'zbekistondan tashrif buyurgan delegaciya ham qatnashdi. Delegaciyamizdan 4 nafar sportchi: Valeriya Kovaleva (tog' chang'isi), Medet Nazarov (tog' chang'isi), Darya Svobodina (figurali uchish) va Azizmurod SHabazov (figurali uchish) o'rin egallagan. Forumda asosan 14-17 yoshli qishki sport turlari bilan shug'ullanuvchi sportchilar ishtirok etishgan bo'lib, ularni kelasi yili SHveycariyaning Lozanna shahrida o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi qishki Olimpiya o'yinlariga ruhiy va psixologik jihatdan tayyorlashga asosiy etibor qaratildi.

Forum davomida WADA, Xalqaro Olimpiya qo'mitasidan tashrif buyurgan mutaxassislar yosh atletlarga sportda sog'lom raqobat bo'lishi kerakligi, yuqori natija uchun taqiqlangan preparatlardan saqlanish va farmokologik vositalardan to'g'ri foydalanish kabi masalalar yuzasidan seminarlar o'tkazishdi.

Tadbir yakuniga etgach barcha delegaciya azolari uchun Moskva shahri bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing