13 iyu 10:03
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov Xalqaro atletlar forumida qatnashyapti (FOTO)
SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan Xalqaro atletlar forumi tashkil etilmoqda.
Unda dunyo miqyosida sportni rivojlantirish, sportchilarning manfaatlarini himoya qilish hamda global sport masalalari muhokama qilinyapti.
Ushbu anjumanda yurtimiz nomidan O'zbekiston MOQ Atletlar komissiyasi azosi, erkin kurash bo'yicha Tokio–2020 yozgi Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov qatnashmoqda.
Yig'ilishda 200 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar, mutaxassislar va sport yulduzlari ishtirok etishyapti. Unda sportchilarning huquqlarini muhofaza qilish, dopingga qarshi kurash, xalqaro qoidalar va sportdagi zamonaviy tendenciyalar muhokama qilish kabi qator dasturlar o'rin olgan.







Havola :
Manba : Olympic.uz
O’xshash yangiliklar
18:18
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi 0
Fikrlar