24 apr 19:15
Yangiliklar

Farangiz Butunjahon etnosport konfederaciyasi tomonidan "Eng yaxshi sportchi" deya etirof etildi
Mazkur xalqaro Etnosport Forumida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa azosi, jahon chempioni, qator xalqaro turnirlar g'olibasi Farangiz Abdunabieva ishtirok etdi.
Butunjahon etnosport konfedraciyasi rahbariyati taklifiga binoan Forumda ishtirok etgan Ravshan Dastirov yig'ilish doirasida turli mamlakatlar sport tashkilotlari rahbarlari bilan belbog'li kurashni rivojlantirishga oid hamkorlikdagi uchrashuvlarni o'tkazdi.
SHuningdek, Forum reglamentiga muvofiq, tantanali taqdirlash marosimi ham tashkil etildi. Unda terma jamoamiz azosi Farangiz Abdunabieva Butunjahon etnosport konfedraciyasi tomonidan ananaviy sport turlari tomonidan "Eng yaxshi sportchi" nominaciyasi g'olibi deya etirof etildi va 1 000 AQSH dollari bilan mukofotlandi.
Takidlash joiz, belbog'li kurash sport turi butunjahon etnosport dasturidan o'rin olgan bo'lib, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi doimiy hamkorlaridan hisoblanadi.
Fikrlar