So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

05 noy 07:56
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSU 65 yoshda: Ko'zguda – xorijiy tillar kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
Bilasiz, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida asosan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassis-kadrlar tayyorlanadi.

Biz mazkur navbatdagi sahifamizda esa bo'lajak sport mutaxassislariga chet tillarni o'rgatuvchi Xorijiy tillar kafedrasi faoliyati haqida so'z yuritmoqchimiz. 

Kafedraning o'tmish – tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Xorijiy tillar kafedrasi o'z faoliyatini 1958 yilda boshlagan. Dastlab unga filologiya fanlari nomzodi, docent L. Kremencov, keyinchalik M. Umarov va M. Finkelshteynlar rahbarlik qilgan. O'qituvchilardan E. Abdalina, L. Bikova, L. Lyublinskaya, G. Fruminkalar kafedra rivoji uchun jonbozlik ko'rsatishgan.

1985 yildan 2006 yilga qadar kafedrani boshqargan pedagogika fanlari nomzodi, docent Bahodir Siddiqovich Rajabov rahbarligida o'quv-meyoriy hujjatlar qayta tahlil etilib, terma jamoa azolari bilan yakka va umumtartibda mashg'ulotlar olib borish uslubiyati shakllantirilgan, o'quv-uslubiy qo'llanma hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarini talaba-yoshlarga o'rgatish, ularda til bilish ko'nikmalarini shakllantirish, tillarning jozibadorligini ko'rsatish asnosida talaba-yoshlarning manaviy olamini boyitishda jonkuyar pedagoglar L. Livickaya, L. Li, L. Krushinina, L. Novgorodova, D. Nug'monova, V. Ryabishkin, N. Xolxodjaeva, O. SHelyagina, R. Levina, E. Ivannikova, K. Lazarevskaya, Z. Annenkova, R. Voxidova, F. Xodjaeva, V. Elizova, Z. Yuldasheva, B. Gaynazarova, K. Korsunskaya, G. Qurbanqulova va D. Yarashevalar sidqidildan mehnat qilishgan. 1991 yilda kafedra «O'zbek va chet tillari» nomini oldi. 2006-2008 yillarda unga filologiya fanlari nomzodi, docent Nodir Nasrievich G'afforov, 2008-2014 yillarda katta o'qituvchilar Muborak Saidkarimovna Ayxodjaeva, Yarasheva Dildora Nabievnalar rahbarlik qilishdi. 2020 yil sentyabr oyidan kafedraga Xorijiy tillar kafedrasi nomi berildi. 2014 yildan hozirgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, docent Feruza Rahmatullaevna Norboeva boshqarib kelmoqda.

F. Norboeva iqtidorli yosh olima sifatida kafedraning ilmiy-uslubiy, manaviy-marifiy hamda ilmiy-tadqiqot yo'nalishlarida mazmunli ishlar olib bormoqda. Uning rahbarligida fanlar bo'yicha o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, yuzdan ziyod ilmiy maqola hamda ilmiy maruza va tezislar nashr ettirildi. 

Aytish joizki, F. Norboeva o'z ustida muntazam ishlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish «Istedod» jamg'armasining granti sovrindori sifatida Xitoyning SHanxay universitetida «Axborot texnologiyalarni o'quv jarayoniga qo'llash» bo'yicha malaka oshirgan.

F. Norboeva xorijiy mamlakatlarda, xususan, Germaniyaning Bremen, Magdeburg amaliy fanlar universitetlarida «Jahon iqtisodiy inqirozi va undan chiqish strategiyalari», «O'zbekiston va Germaniya: sarmoya kiritish imkoniyatlari», «Talim menejmenti» mavzularidagi xalqaro seminarlarida ishtirok etib, xalqaro hamkorlik yo'nalishiga munosib hissa qo'shmoqda. 

2016-2020 yillarda oliy talim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida «Talim tizimi menejmenti» yo'nalishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan. Feruza Norboeva boshchiligidagi kafedra jamoasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda, muloqot tamoyili asosida talabalarning til o'rganishiga ko'mak berishmoqda. 

Kafedrada ayni paytda O'zbek tilidan professor v.b. N.G'afforov, docent I. Boltaeva, M. Ayxodjaeva, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan N. Ibragimova, I. Yoqubov, T. Abdumalikova, U. Azimova, S. SHaripova, S. Mustafaeva, SH. Abduraximova, M. Muxamedova, A. To'raev, L. Tursunboeva, D. Rustamov, B. Qodirov, N. Davutbaeva, S. Kenjaeva, A. Gaffarova, Rus tilidan R. Xodjiev, SH. Alieva, Z. Xalalov, S. Ablaqulova, B. Nosirova, X. Djuraeva, T. Li kabi jonkuyar filologlar faoliyat olib bormoqda. 

2020-2021 o'quv yilida kafedra mudiri F. Norboevaning tashabbusi bilan talabalarga nemis, francuz, ispan hamda koreys tillarini o'rgatish ham tashkil etildi. Yosh va iqtidorli kadrlardan SH. Sobirova (nemis tili), M. Ashurova (francuz tili), T.Li (koreys tili), O.Achilov (ispan tili)lar jalb etildi va talabalar tomonidan zo'r qiziqish bilan qabul qilindi. Aynan kafedra xodimlarining maslahati va bevosita yordamida talabalar o'z ixtisosliklari bo'yicha adabiyotlarni o'qish va tarjima qilish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda turli anjumanlarda faol ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo'lishmoqda.  

Kafedraning ilmiy salohiyatini ko'tarish maqsadida F. Norboeva rahbarligida yosh istedodli kadrlar G. Botirbekova, D. Rustamov hamda SH. Sobirovalar hozirda «Ustoz-shogird» tizimida o'qitishning raqamli dasturlariga asoslanib, sportchi-talabalarga tillarni o'rgatishda soha atamalarining ishlatilishiga oid ilmiy-tadqiqot mavzulari ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 

Universitet professor-o'qituvchilarining ingliz tili savodxonligini oshirish, xorijiy mamlakatlarning sport sohasi bo'yicha loyihalariga ishtirokini taminlash, qolaversa, milliy reyting tizimda oldingi o'rinlarni egallash maqsadida kafedra qoshida O'zbekistondagi Britaniya Kengashi hamda «El-yurt umidi» fondi hamkorligida «Kasbiy rivojlantirish markazi» ochilishi rejalashtirilgan. Mazkur markazda kafedraning malakali mutaxassislari jalb etilib, rus va ingliz tillari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. 

SHuningdek, kafedrada madaniy-marifiy ishlar ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi atoqli shoir va yozuvchilar xotirasiga bag'ishlangan yangi yodgorlik majmualarining tarixi, bu siymolarning millatimiz mustaqilligi uchun qilgan fidoyiligini, ijodini o'rgatish maqsadida universitetda tahsil olayotgan talabalar tomonidan o'zbek, rus va xorijiy tillarda qisqa mitrajli videoroliklar tayyorlash ham rejalashtirilgan.

Kafedra oldida turgan yana bir muhim masala – talaba-yoshlarning ko'proq foydalanadigan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tilimizning butun jozibasini ko'rsatuvchi o'zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, atamalarning elektron lug'atini yaratish hisoblanadi. Bundan tashqari tegishli vazirliklar bilan kelishgan holda «Qiziqarli badantarbiya» yoki «Sog'lomjon – polvonjon» ruknida o'zbek, rus, ingliz, nemis tillarida maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari va mustaqil o'rganuvchilar uchun jismoniy tarbiya darslarining uslubiy ishlanmalarini tayyorlash, talabalar o'rtasida kitobxonlikka bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish maqsadida turli shiorlar ostida manaviy tadbirlar o'tkazish kafedraning istiqboldagi maqsadli rejalaridan sanaladi. 

O'zDJTSU Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan berilgan malumotlar asosida 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing