16 sen 18:29
Yangiliklar
Engil atletika

Jahon reytingida 19-o'rinni egallab turgan SHarifa Davronova JCHda 18-natijani qayd etdi
Tokioda (Yaponiya) engil atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslari o'tkazilyapti.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining yosh va iqtidorli vakilasi SHarifa Davronova startga chiqdi.
Uch hatlab sakrash dasturining A finalidagi bahslarda ishtirok etgan Davronova 13.79 m natija qayd etib, jami 36 nafar sportchi orasida o'n sakkizinchi bo'ldi.
Joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi 14.33 m bo'lib turgan 18 yoshli SHarifa uchun JCH nihoyasiga etdi. U Jahon reytingida 19-o'rinni band etib turibdi.
SHunday qilib, uch nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi engil atletika bo'yicha Jahon chempionatini odatdagidek, medalsiz yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar