16 sen 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Elshod Rasulov Navbahor Hamidovaning final jangi haqida: "Bu teng ketayotgan jangda bokschiga psixologik tomonlama qattiq tasir qiladi"
Boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov Liverpuldagi JCHda kumush medalga ega chiqqan Navbahor Hamidovaning (65 kg) hal qiluvchi jangini esladi.
"Bu aslida, charchoqdan emas. 3-raund avvalida referi kutilmaganda ball ayirib tashladi. Bu teng ketayotgan jangda bokschiga psixologik tomonlama qattiq tasir qiladi. Menimcha, shu ko'proq tasir qildi jangga. Biz ham o'zimizga yarasha tegishli xulosa chiqardik. O'ylaymanki, keyingi musobaqalarda bu holat qaytarilmaydi", deydi Rasulov Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar