16 sen 19:20
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Andijon" sobiq ustozi "Buxoro"da ish boshladi
Aleksandr Xomyakov "Buxoro" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berildi.
"Uning futboldagi katta tajribasi va bilimlari bilan jamoamiz yangi marralarni zabt etishiga ishonamiz. Oldinda bizni masuliyatli o'yinlar, muhim sinovlar va albatta g'alabalarni kutmoqdamiz", – deyiladi xabarda.
56 yoshli mutaxassisning "Buxoro" bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani, umuman, o'tish tafsilotlari xususida malumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oy Ulug'bek Bakaev bosh murabbiylikdan ketgan va buxoroliklarni vaqtincha Viktor Karpenko boshqarib kelayotgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar