So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

12 avg 13:48
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda: Ko'zguda yakkakurash sport turlari fakulteti

Xabaringiz bor, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 65 yilligiga bag'ishlab saytimiz orqali universitet faoliyati to'g'risida maqolalar chop etib boryapmiz.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA Navbatdagi sahifamizda ham mazkur universitetning yakkakurash sport turlari fakultetiga nazar tashlaymiz. 

Mamlakatimiz sport yulduzlarini o'zida jamlagan yakkakurash sport turlari fakulteti eng birinchi tashkil etilgan fakultetlardan hisoblanib, dastlab fakultetga R. Xolmuhammedov dekan vazifasini bajargan. Keyinchalik SH. Kalibaev, K. Yarashev, N. Yusupov, O. Dadaboev, I. Alievlar tomonidan boshqarilgan bo'lsa, ayni paytda pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, docent Zohidjon Artiqov rahbarlik qilmoqda. 

Fakultet tarkibida xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati, milliy kurash turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati, boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedralari faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, bakalavriatning kunduzgi va sirtqi talim yo'nalishlarida jami 1914 nafar talabalar o'zlari tanlagan boks, qilichbozlik, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, sambo, kurash va belbog'li kurash sport turlari bo'yicha tahsil olishadi. 

Har bir kafedra, har bir fakultetning iqtidorli, sportda yuqori marralarni zabt etgan talabalari bo'lgani kabi ushbu fakultetda ham jahon sport maydonida g'oliblikni tantana qilgan sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi unvoni sohiblari, olimpiya va Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlari, Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozongan  sportchi-talabalar ko'pchilikni tashkil etadi. Buning isboti sifatida fakultet iftixorlari sanaladigan quyidagi sportchilarning nomlarini keltirib o'tishimiz mumkin. 

Demak, Bahodir Jalolov, boks bo'yicha havaskorlar o'rtasida olimpiya o'yinlarining chorak finalchisi (2016 yil), jahon chempioni (2019 yil), jahon kubogi bronza medali sohibi (2015 yil), ikki karra Osiyo chempioni (2017 yil, 2019 yil ), professionallar o'rtasida  og'ir vaznda (2019 yilgacha) chempion professinal bokchi.

Abdulla Tangriev,  xalqaro toifadagi sport ustasi, mutloq vaznda jahon chempionati oltin medalni qo'lga kiritgan, 2008 yil Olimpiada o'yinlari kumush medal sohibi, jahon chempionati bronza medali sovrindori, 5 karra Osiyo chempioni, kurash sport turi bo'yicha jahon chempioni,  «SHuhrat» medali sohibi.  Bekmurod Oltiboev, dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2019 yil Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo'lib o'tgan Osiyo uyinlari sovrindori,  Osiyo va jahon chempionatlari hamda xalqaro turnirlar g'olibi. O'zbekiston terma jamoasi azosi.

Diyora Keldiyorova, dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo va jahon chempionatlari hamda xalqaro turnirlar g'olibi. 2019 yil Italiyada bo'lib o'tgan jahon Universiadasi sovrindori, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi, dzyudo bo'yicha milliy terma jamoa azosi.

Bobo-Usmon Baturov, boks bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi, 2019 yil “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Boks bo'yicha milliy terma jamoa azosi. 

Yakka kurash sport turlari  fakulteti hamkorlik aloqalari bo'yicha ham bir muncha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Janubiy Koreyaning “Dankuk” universiteti, Yaponiyaning Sport va fan universiteti, Xitoy jismoniy tarbiya va sport universiteti, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport, yoshlar va turizm universiteti, Rosiyaning Uzoq SHarq davlat jismoniy madaniyat akademiyasi, P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat, sport va salomatlik universitetlari bilan xalqaro aloqlarni yo'lga qo'yilgan. 

SHuningdek, Vengriya belbog'li kurash federaciyasi hamda Qozog'iston sport akademiyasi kurash turlari kafedrasi bilan, halqaro hamkorlik bo'yicha shartnomalar tuzilgan. Bundan tashqari sport federaciyalari, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, CHirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, bolalar-o'smirlar sport maktablari bilan ham hamkorlik qilib kelishadi.

Fakultetning faxriy professor-o'qituvchilaridan, xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi docenti, Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatagan sport ustasi (1975 yil), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fizkultura va sport xodimi (1982 yil) Aslan Elov, boks, taekvondo, qilichbozlik, nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Rustam Xolmuhammedov va milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, “ 1- darajali Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi Talat Usmonxo'jaevlarni tanimagan, bilmagan sport sohasi vakili bo'lmasa kerak. Boisi, o'z sohasining haqiqiy bilimdonlari bo'lgan bu faxriy o'qituvchilar yuzlab talabalarning mukammal bilib olib, mutaxassis-kadrlar bo'lib etishish yo'lida   ustozlik qilishmoqda. 

SHu o'rinda bir gap. 1932 yilda tug'ilgan, umrini sportga bag'shida etgan, deyarli to'qson yoshni qarshilayotgan Talat Usmonxo'jaev hali hamon talabalarning sevimli ustozi. Talat akaning irodasiga, jismoniy baquvvatligiga, xatti-harakatlariga qoyil qolmay iloj yo'q. Talabalarga ham nazariy, ham amaliy tomondan dars o'tishlari, milliy va harakatli o'yinlardan texnik va taktik mashqlarini o'zi bajarib ko'rsatishlarini chetdan kuzatgan odam havas bilan boqib, hech ikkilanmay sog'lom, baquvvat, kuchli va uzoq umr ko'rishi uchun sportga oshiq bo'lishiyam bor gap.

Zohidjon ARTIQOV, yakkakurash sport turlari fakulteti dekani: 

- Universitetimizda talabalarmizning o'z sohalari bo'yicha ilm olib, etuk kadrlar bo'lib etishishida har qachongidanda qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Rektorimiz Mahmudjon Rustamovich Boltabaev boshchiligida keng miqyosda  bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O'quv xonalari, mashg'ulot zallari keng va yorug', eng so'nggi rusmdagi jihozlar bilan taminlangan. Maqtayapti demangu yanayam etiborli tomoni universitetning ekoolamiyam havas qilsa arzigulik. Atrof yashillikka burkangan. Bu musoffolik, bu qulaylik o'qituvchilarimizniyam, talabalarimizniyam   ko'zlagan maqsadlari sari dadil qadam tashlashiga turtki bo'lishi haqiqat!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing