So’nggi yangiliklar

13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

24 avg 09:22
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 sentyabrdagi “Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi PF-1559-sonli farmoyishi ijrosini taminlash maqsadida oliy talim muassasalarida, xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham Manaviy-marifiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimi hamda Manaviyat va marifat bo'limi tashkil etilgan. Universitetda o'tgan davr mobaynida yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat sohasini rivojlantirishda O. Pulatov, A. Hakimov, N. G'afforov kabi etuk mutaxassis-kadrlar muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatgan. Bugungi kunda Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor vazifasida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), docent Mirzanov SHerzod Sirliboevich faoliyat olib bormoqda.

Mazkur yo'nalishning asosiy maqsadi – jamiyatda yuksak manaviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy ananalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog'lom, jismoniy, aqliy va manaviy jihatdan barkamol, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga targ'ib eta oladigan shaxslarni shakllantirishdan iborat.

Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat yo'nalishining asosiy vazifalari – universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va manaviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, imon-etiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, bu borada mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan talaba-yoshlarni tanishtirib borishdir. 

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha universitetda bir qator manaviy-marifiy, axloqiy-tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilib borilmoqda. Xususan, birgina 2019-2020 o'quv yili davomida talaba-yoshlar va professor-o'qituvchilar o'rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash va uning salbiy oqibatlari to'g'risida “Biz jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshimiz”, “Odam savdosining salbiy oqibatlari”, “Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi qurashning manaviy-marifiy usullari” mavzularida 30 dan ortiq soha mutaxassislari, IIB, prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar, turkum tadbirlar, ijodiy tanlovlar tashkil etilgan.

Universitetda korrupciyani oldini olish borasida 2019-2020 o'quv yili davomida “Korrupciyasiz soha”, “Talim korrupciyadan holi hudud”, “Korrupciya taraqqiyot kushandasi” mavzularida 40 dan ortiq tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, tanlovlar tashkil etilgan, sociologik tadqiqotlar o'tkazilgan.

Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat sohasi bo'yicha universitet ko'plab hamkor tashkilotlar – Respublika Manaviyat va marifat markazi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, viloyat va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda respublika miqyosidagi tadbirlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan, 2019 yil 4-6 oktyabr kunlari O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 7 ta davlatdan 300 nafar yoshlar ishtirok etgan xalqaro “Sport sammiti” tashkil etildi. O'zbekiston Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda “Sport malikalari” tadbiri o'tkazildi, “Mo'tabar ayol” nomli respublika tadbirida faol hamkorlik qilingan.

SHerzod MIRZANOV, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor: – Yangi o'quv yilida ham beshta muhim tashabbus doirasida talabalarni musiqa, teatr va adabiyot sohasida qiziqishlarini oshirish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” klubi va teatr studiyasi faoliyatlarini takomillashtirish, O'zDJTSU muzeyi faoliyatini yo'lga qo'yish, beshta muhim tashabbus markazini tashkil etish, 22 ta sport turidan “Hokim kubogi”, “Universitet kubogi” musobaqalarini tashkil etish, CHirchiq shahar mahalla yoshlari uchun suzish, engil atletika, og'ir atletika, gimnastika, badiiy gimnastika, kurash, belbog'li kurash, sambo, taekvondo sport turlaridan bepul va imtiyozli to'garaklar faoliyatini qayta yo'lga qo'yish, talabalar o'rtasida onlayn sport musobaqalarini o'tkazish kabi qator vazifalar rejalashtirilgan. Bu singari manaviy va marifiy ustuvor vazifalarni amalga oshirishimiz uchun universitetda etarlicha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar manaviyatini yuksaltirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida 2019-2020 o'quv yili davomida 150 dan ortiq tadbirlar tashkil etilgan. Xususan, universitet tasarrufidagi talabalar turar joyida 5 ta tashabbus bo'yicha musiqa, kompyuter, kitobxonlik va tikuvchilik xonalari tashkil etilgan hamda kerakli jihozlar bilan taminlangan. Universitetning o'quv binosida musiqa, kitobxonlik xonalari tashkil etilgan va musiqa asboblari, ilmiy va badiiy kitoblar bilan taminlangan. Universitetning har bir fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari va “Teatr studiyasi” guruhlari tashkil etilgan hamda jamoalar ishtirokida mahalla fuqarolar yig'inlarida musobaqalar, madaniy-marifiy chiqishlar o'tkazib kelinadi.

2019-2020 o'quv yili davomida, shuningdek, 22 ta sport turidan universitet professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari o'rtasida 30 dan ortiq sport musobaqalari o'tkazilgan. O'quv yili davomida 20 dan ortiq kitobxonlik tadbirlari tashkil etilgan. 2019 yilning mart-may oylari davomida “Notanish do'stimga kitob” rukni ostida universitet talaba-yoshlari va professor-o'qituvchilari tomonidan taqdim qilingan 5000 dan ortiq badiiy va ilmiy kitoblar Toshkent viloyatining chekka tumanlaridagi umumiy o'rta talim maktablariga beminnat sovg'a sifatida taqdim qilingan. CHirchiq shahridagi mahalla fuqarolari yig'inlari yoshlari uchun futbol, voleybol, basketbol, gandbol, badminton, tennis, engil atletika, og'ir atletika, suzish, gimnastika, badiiy gimnastika to'garaklari faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

Mazkur amaliy chora-tadbirlar natijasida 2019-2020 o'quv yili davomida universitet talabalari orasidan 1 nafar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti, 2 nafar Ibn Sino, 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 7 nafar sportchilar, 1 nafar o'qituvchi “O'zbekiston iftixori” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 67 nafar xalqaro sport musobaqalari g'oliblari, 150 dan ortiq Respublika sport musobaqalari g'oliblari etishib chiqqan. 10 nafar talaba-sportchilar Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgan. 5 nafar talaba-yoshlar, 3 nafar professor-o'qituvchilar “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan, 1 nafar docent “Sog'lom avlod uchun” ordeni bilan bilan taqdirlangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi tomonidan 100 dan ortiq oliy talim muassasalari o'rtasida 2020 yilning iyun-iyul oylarida 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan “Yil oliygohi” onlayn tanlovida universitetning “Olimp” jamoasi faxrli 3-o'rinli egallagan. Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin.

Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 42 ta umumiy o'rta talim maktablarida universitetning tajribali professor-o'qituvchilari biriktirilgan holda 100 dan ortiq mahorat darslari tashkil etilgan. Samarqand, Jizzax, Xorazm viloyatlari xalq talimi boshqarmalari bilan hamkorlikda 2019 yilning sentyabr-dekabr oylari davomida 100 dan ortiq chekka qishloqlardagi umumiy o'rta talim maktablari o'qituvchilari va o'quvchi-yoshlariga universitet professor-o'qituvchilari tomonidan “Mahorat darslari”, manaviy-marifiy tadbirlar tashkil etilgan. Mazkur chekka hududlarda joylashgan umumiy o'rta talim maktablariga 1000 dan ortiq badiiy va ilmiy adabiyotlar, 400 dan ortiq sport jihozlari beminnat taqdim qilingan. CHirchiq shahri hokimligi bilan hamkorlikda har yili futbol bo'yicha umumiy o'rta talim maktab o'quvchilari o'rtasida “Hokim kubogi”, “Prokuror kubogi”, “Universitet kubogi” kabi musobaqalar o'tkazilib kelinmoqda.

O'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV va Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo'limi boshlig'i Jamoliddin Mamanov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing