26 may 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao: Meyvezer menga hasad qilmoqda
Avvalroq Floyd Meyvezer Menni Pakyao "qariya" deb atagandi.
Filippinlik bokschi Floydning ushbu gapiga munosabat bildirdi.
"Floyd menga hasad qilmoqda, chunki u nafaqaga chiqib bo'ldi. Men haliyam jang o'tkazayapman va jahon chempioniman. SHuni aytishim mumkinki, o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman, xech qanday muammolar yo'q.
Ketishni rejalashtirayotganim yo'q. Haliyam shug'ullanyapman. Masalan, yaqinda qop bilan ishlash mashqlarini tugatdim. Hozir o'ylayotgan yagona narsam - vatandoshlarim bilan bog'liq koronavirus pandemiyasidir", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Pakyaoning so'ngi jangi 2019 yilning iyul oyida o'tkazilgan va unda Menni Kit Turmanni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar