13 may 17:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao nima uchun Turmanni raqib sifatida tanlaganiga izoh berdi
Sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao 20 iyul kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.
Filippinlik boks afsonasi shu kuni yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi. Pakyao jurnalistlar bilan muloqot chog'ida nima uchun aynan Kit raqib sifatida tanlaganiga izoh berdi.
"Men uning Denni Garsiyaga qarshi o'tkazgan jangi maqul keldi, - dedi Pakyao "Yahoo Sports"ga bergan intervyusida. - O'ylashimcha, uning jang olib borish uslubi menikiga o'xshaydi. Biz muxlislarga ajoyib va unutilmas boks oqshomini uyushtirib beramiz. Turman hozirda yarim o'rta vazn toifasining eng kuchli bokschisi".
Havola :
Fikrlar