12 okt 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao - Xorn. Revansh aprelda o'tkazilishi mumkin
Filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao hamda avstraliyalik Jeff Xorn o'rtasidagi revansh jangi kelasi yilning bahor faslida o'tkazilishi mumkin.
Jang katta ehtimol bilan aprel oyida o'tkaziladi. SHu yilning iyul oyida Pakyao ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, yarim o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini Xornga boy bergandi.
Avvalroq, revansh jangining shu yilning kuzidayoq o'tkazilishi kutilgandi. Lekin Pakyao siyosat bilan mashg'ul bo'lgani uchun bu reja amalga oshmay qolgan edi. Xorn 12 dekabr kuni ilk himoya jangini Geri Korkoranga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar