13 iyu 15:53
Yangiliklar
Tennis
Pandemiya paytidagi 24 ta o'yin shubha ostiga olindi
Tennis Integrity Unit xabar berishicha, 24 ta tennis uchrashuvi kelishilgan o'yinlar sifatida shubha ostiga olingan.
O'yinlarning barchasi koronavirus pandemiyasi paytidagi ko'rgazmali turnirlar doirasida o'tkazilgan. Tennis Integrity Unit aynan qaysi o'yinlar shubhaga olinganini ochiqlamagan bo'lsa-da, bu uchrashuvlar aprel-iyun oylarida o'tkazilganini aytgan.
Bu 24 ta o'yinning barchasi kelishilgan xarakterdagi tennis bahslaridir. Bukmekerlar ham xuddi shu fikrni ilgari surgan. SHuningdek, o'tgan yili o'tkazilgan WTA 125 turniridagi bitta o'yin ham xuddi shunday xulosa chiqarishga zamin yaratgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar