20 iyu 10:40
Yangiliklar
Dzyudo
Para dzyudo: Birmingem Gran-Prisining ilk kunida sportchilarimiz 4 ta medalga sazovor bo'lishdi
Para dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi so'nggi Birmingem Gran-Prisida ishtirok etishyapti.
Quvonarlisi, dastlabki kungi bellashuvlarning o'zida 4 nafar hamyurtimiz medallarga sazovor bo'ldi. Jumladan, erkaklar o'rtasida -66 kg vazn toifasida Uchqun Quranboev oltin, -73 kg vazn toifasida Feruz Sayidov kumush, ayollar o'rtasida -52 kg vazn toifasida Sevinch Salaeva oltin hamda -48 kg vazn toifasida Lobar Hurramova bronza medalga sazovor bo'ldi.
Bugun og'ir vazn toifasidagi para dzyudochilarimiz tatamiga chiqadilar.

Havola :
O’xshash yangiliklar
15:26
Bugun kechki dastur "yonadi": dzyudochilarimizda ikkita final va bitta bronza uchun bellashuv bor 0
Fikrlar