03 iyu 12:48
Yangiliklar
Para stol tennisi bo'yicha “Yoshlar kuni”ga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi
“30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi va O'zbekiston stol tennisi federaciyasi o'zaro hamkorlikda para stol tennisi bo'yicha musobaqa tashkil etdi.
Unda yurtimizning ko'plab xududlaridan 20 ga yaqin iqtidorli para stol tennischilar qatnashdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, 1-o'rin Sunnatullo Murodulloevga nasib etdi. Kuchli uchlikdan esa Sardor va Sarvar Hamraqulovlar joy olishdi.
Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar