So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

08 okt 07:14
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Paralimpiyachilarimiz Tokioda Rio-2016dagi natijalarni yaxshilash niyatida

Bundan 3 yil muqaddam Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan Paralimpiya o'yinlari O'zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik ulkan g'alabalar bilan o'tgani barchangizga malum.

O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi mutasaddilari Tokioda o'tajak musobaqada Riodagidan ham yuqori natijalar qayd etish niyatida. Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida hisobot topshirgan Paralimpiya associyasi rahbariyati bu masalaga alohida urg'u berib o'tishdi.

Yig'ilishda hisobotlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va vice-prezident Azizjon Kamilov tingladi. SHuningdek, unda Paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Tashxodjaev va boshqa mutasaddilar ham qatnashdi.

Uchrashuv davomida para-atletika, para-suzish, para-kanoe, para-taekvondo, pauerlifting, para-dzyudo kabi sport turlari bo'yicha terma jamoamiz vakillarining Paralimpiya o'yinlariga licenziya olish rejasi, xalqaro va mahalliy o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun ishlab chiqilgan rejalar, sport turlari bo'yicha licenziya qo'lga kiritish tizimi atroflicha muhokama qilib chiqildi va bu borada tegishli ko'rsatmalar berildi. 

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Tokio Paralimpiadasiga 7 nafar hamyurtimiz yo'llanma qo'lga kiritib ulgurgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing