So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

28 iyu 17:19
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

“Parij-2024” Tashkiliy qo'mitasi muxlislar uchun yangi dastur tayyorladi

2024 yilda Parijda Olimpiya o'yinlari boshlanishiga roppa-rosa 4 yil qoldi.

Ushbu muhim voqea munosabati bilan musobaqa Tashkiliy qo'mitasi Franciya aholisiga Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari to'g'risida hikoya qilib berish maqsadida “Parij-2024” klubini ochdi.

2024 yilgi Olimpiya o'yinlari boshlangunga qadar “Parij-2024” klubi har oyda o'z azolariga hamma ishtirok etishi mumkin bo'lgan qiziqarli musobaqalarda qatnashish, Olimpiya va Paralimpiya chempionlari bilan uchrashish, shuningdek boshqa ko'pgina maroqli sport va madaniy tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.

O'yinlarda ishtirok etish mukofotga ega bo'lish uchun ballar to'plash imkonini yaratadi. Ana shu mukofotlar Olimpiya mashalasini olib o'tish, Olimpiya o'yinlari tarixida birinchi marta o'tkaziladigan ommaviy marafonda ishtirok etish, shuningdek Olimpiada chiptalarini xarid qilish bo'yicha barcha malumotlarga ega bo'lish, “Parij-2024”da ko'ngilli bo'lish uchun ustuvor tarzda ro'yxatdan o'tishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, muxlislar uchun sportchilar bilan muloqot qilish paytida klubning ayrim azolari Franciyaning etakchi sport yulduzlari bilan yakkama-yakka muloqot qilish, sport turlari bo'yicha milliy chempionlar bilan musobaqalashish yoki sportchilar bilan sayohat qilish imkoniyatlari ham yaratiladi.

Klubning ilk azolarini Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar – “Parij-2024”ning elchilari kutib oladi. Franciyaning Olimpiya va Paralimpiya sportchilari yaqin orada mamlakatda o'tkaziladigan turli musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlar va buni orziqib kutmoqdalar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing