04 iyu 13:25
Yangiliklar
Tennis
Parij. Karolina Plishkova ikkinchi davrada Sloan Stivensga yutqazib qo'ydi
CHexiyalik tennischi Karolina Plishkova Franciya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 31 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning o'ninchi raketkasi WTA reytingida 59-o'rinni egallab turgan Stivensga 5/7, 1/6 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi. Tennischilarning shaxsiy uchrashuvlardagi hisob 5: 1, amerikalik sportchi foydasiga.
Stivensning 3-davradagi raqibi chexiyalik Karolina Muxova bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar