04 noy 09:02
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/242071_220.jpg)
Parij "Masters". Dunyoning birinchi raketkasida ikkinchi g'alaba
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaraz musobaqaning uchinchi davrasida reytingning 28-pog'onasida borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga to'rt geym berdi xolos - 6/1, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 1, Dimitrov 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Karlos uchun Parij "Masters" bu yilgi mavsum hisobida 17-turnir hisoblanadi. U 12-marotaba 1/4 finalda kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar