09 fev 12:19
Yangiliklar
Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turniri start oldi
Paris Grand Slam 2019 musobaqasida sayyoramizning 5ta qitasidan 98 davlatning jami 609 nafar dzyudochilari tatamiga chiqishadi. Ulardan 249 nafarini xotin-qiz dzyudochilar tashkil qiladi.
Bugun musobaqaning ilk kuni ayollar -48, -52, -57 , -63 kg vaznda tatamiga chiqishadi. Erkaklar o'rtasida esa -60, -66 hamda -73 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etmaydi. Ayni paytda dzyudochilarimiz Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida Dyusseldorf shahrida o'tkaziladigan “Katta Dubulg'a” turniriga hozirlik ko'rishyapti.
Musobaqa dasturi:
Yakshanba, 10 fevral - ikkinchi kun
Ayollar: -70, -78, +78 kg;
Erkaklar: -81, -90, -100, +100 kg.
Fikrlar