24 sen 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Parker WBO chempionlik kamarini himoya qildi
Angliyaning Manchester shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parker ringga ko'tarildi. 25 yoshli Yangi Zelandiya bokschisi o'ziga tegishli chempionlik kamarini rasmiy va majburiy davogar britaniyalik 23 yoshli Xyui Fyuridan himoya qildi.
O'n ikki raundga
mo'ljallangan jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Hakamlarning ikki
nafari 118-110 hisobida g'alabani Parkerga taqdim etdi. Uchinchi hakam esa jang 114-114
hisobidagi durang bilan yakunlandi, deb hisobladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar