27 may 10:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/39418_220.jpg)
Pavlyuchenkovaning finalda g'olib chiqishi uchun 3,5 soat kerak bo'ldi
Franciyaning Strasburg shahrida tennis bo'yicha Internationaux de Strasbourg turniri yaunlandi.
Mukofot jamg'armasi 250 000 dollarni tashqil qiluvchi turnirda Anastasiya Pavlyuchenkova bosh sovrin sohibasiga aylandi. Rossiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida slovakiyalik Dominika Cibulkovadan ustun keldi.
Uch soatu 35 daqiqa davom etgan dramatik finalning uchchala seti ham tay-brekka qadar davom etdi. Yakunda Nastya raqibasini 6:7(5), 7:6(3), 7:6(6) hisobida taslim etdi. Bu rossiyalik tennischi uchun faoliyatidagi 12, joriy mavsumdagi birinchi titul bo'ldi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 31-raketkasiga 34 677 evro mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar