23 dek 15:53
Yangiliklar
Futbol
"Paxtakor" braziliyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda
Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasi posboni Jonatan Sikeyra "sherlar" qiziqishlari doirasida.
Bu haqda portugaliyalik insayder Sebastyan Souza Pintu xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" yangi ustozi Pedro Moreyra "Riu Ave"ning 33 yoshli darvozaboni Jonatan Sikeyrani "Paxtakor"da ko'rmoqchi. "SHerlar" vakillari transfer masalasida Portugaliya klubi bilan aloqaga chiqqan.
Malumot o'rnida, Sikeyraning "Riu Ave" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt posbonni 500 ming evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : x.com/sebsousapinto
Fikrlar