31 jan 10:20
Yangiliklar
Futbol
"Paxtakor" yoshlari Qatar U-20 termasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi
Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Paxtakor" yoshlari Qatar U-20 termasiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.
"Espayr" akademiyasi bilan hamkorlik doirasida Qatarda yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi birinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Qatar U-20 terma jamoasiga qarshi o'ynagan futbolchilarimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu yig'inda 2007-2009 yillarda tavallud topganlar ishtirok etishmoqda. Yoshlar jamoasi tarixda birinchi marta xorij yig'iniga yo'l olgan", - deb yoziladi klub malumotida.

Havola :
Fikrlar