So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

22 fev 09:31
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor"ning yangi mavsumdagi libosi qanday ko'rinishda bo'ladi? (FOTO)

Teglar :  Paxtakor
Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsum oldidan PFL fotosessiyasida ishtirok etdi.

Unga ko'ra, "sherlar" yangi mavsumni to'q ko'k (yoki indigo) va oq rangli liboslarda o'tkazadi. Zamonaviy va klassik detallarni o'zida mujassam etgan ushbu to'plam jamoaning ananalariga sodiq qolgan holda, minimalistik uslubda ishlab chiqilgan.

Libosning ko'krak qismi o'ng tomonida jamoaning texnik homiysi – Germaniyaning mashhur "Adidas" kompaniyasining yangilangan logotipi o'rin olgan bo'lsa, chap tomonda klubning ananaviy emblemasi tushirilgan. Ularning markazida esa O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i aks ettirilgan. Futbolkaning qoq markazidan bosh homiy logotipi joy olgan.

Sport kiyimining shorti va getri qismlari ham umumiy dizaynga hamohang tarzda to'q ko'k rangda tayyorlangan. SHortining old qismida o'yinchi raqami va brend logotipi oq rangda yorqin ajralib turadi. Getrilardagi "Adidas"ga xos ananaviy uchta oq chiziq esa formaning umumiy koncepciyasini mantiqiy yakunlagan.


SHuningdek, poytaxtliklar ikkinchi libosini ham namoyish etdi. Ushbu to'plam ham jamoaning yangi koncepciyasiga sodiq qolgan holda, klassik va minimalistik echimlar asosida yaratilgan.

Ikkinchi libosning asosiy foni sifatida toza oq rang tanlangan. Uning ustidan tushirilgan ingichka qora vertikal chiziqlar formaga o'ziga xos salobat va retro-uslubni baxsh etadi. Dizaynni yanada boyitish maqsadida yoqa va eng uchlariga qora rangli hoshiyalar qo'shilgan bo'lib, bu oq fon bilan ajoyib kontrast hosil qilgan.

Futbolkaning yuqori qismida joylashuv geometriyasi asosiy libosdagidek saqlab qolingan: o'ng tomonda texnik hamkor "Adidas" kompaniyasining qora rangli yangi logotipi, chap tomonda esa "Paxtakor" klubining ananaviy emblemasi joy olgan. Ko'krak qismining yuqori markazida O'zbekiston davlat bayrog'i o'rin olgan bo'lsa, uning pastrog'ida jamoaning bosh homiysi logotipi yorqin qizil rangda tushirilgan. Bundan tashqari, eng qismlarida musobaqalarning maxsus shevronlari joylashtirilganini ko'rish mumkin.

Sport kiyimining shorti qismi ham umumiy ansamblga mos tarzda to'liq oq rangda ishlab chiqilgan bo'lib, undagi futbolchi raqami va brend logotipi qora rangda yorqin hamda tushunarli tarzda aks etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing