06 avg 17:22
Yangiliklar
Boshqalar
Payg'ambar yoshingiz qutlug' bo'lsin, Samug' aka!
Bugun yurtimiz tennisi rivojiga o'zining ulkan xissasini qo'shib kelayotgan taniqli mutaxassis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsat murabbiy Samug' Obidov qutlug' 63 yoshni qarshi oldilar.
Samug' Obidov O'zbekiston sport faxriysi va o'zbek tennisining yanada ommalashishiga, rivojlanishiga hissa qo'shayotgan eng fidoiy mutaxassislardan, jonkuyarlardan biri sanaladi. U kishi bir necha yillardan buyon Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga rahbarlik qilib kelmoqda. Bugun Samug' Kazimovich o'zining qutlug' 63 yoshini qarshi olyapti.
Fursatdan foydalanib, sportimizning haqiqiy jonkuyar insonini bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, ularga uzoq umr, tani sihatlik, mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, kelgusi mehnat faoliyatlariga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar