15 dek 15:36
Yangiliklar
Pedri Messining 15 yil avval o'rnatgan rekordini yangiladi
Manbaning xabar berishicha, ushbu muhim o'yin La Liganing 16-turida bo'lib o'tdi: 13 dekabr kuni 23 yoshli ispaniyalik "Osasuna"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Bu o'yin Pedri uchun "Barselona" safida La Ligadagi 150-o'yini bo'ldi, shu tariqa Pedri ushbu natijaga erishgan Kataloniya tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Ispaniyalik futbolchi ushbu natijaga 23 yoshu 18 kunligida erishdi.
Undan avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli bo'lgan. Messi 2010 yilda "Saragosa"ga qarshi bahsda "Barselona" safida 150-uchrashuvida maydonga tushgan. Messi 150 ta uchrashuvni o'tkazganida 23 yoshu 121 kunlik bo'lgan.
Ispaniyalik yarim himoyachiga La Ligada 150 ta o'yin o'tkazish uchun besh yildan sal ko'proq vaqt kerak bo'ldi. U "Barselona" safida La Ligadagi debyutini 2020yil 27 sentyabrda "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda o'tkazgan.

Fikrlar