So’nggi yangiliklar

17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0

10 fev 14:23
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Pekin-2022. Netan CHen figurali uchish bo'yicha Olimpiada chempioni!

Bugun Pekin qishki Olimpiadasining oltinchi kuni o'tkazilmoqda.

Figurali uchish bo'yicha erkaklar o'rtasida erkin dastur yakunlanib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Uch karra jahon chempioni, amerikalik figurali uchuvchi Netan CHen endi Olimpiadada tengsiz bo'ldi. U qisqa dasturdan keyin ham peqadam bo'lib turgan edi. Ikkinchi o'rinni yaponiyalik Yuma Kagiyama egallagan bo'lsa, uchinchi o'rindan ham Yaponiya vakili SHoma Uno joy oldi. 

Netan CHen (AQSH) yakkalik bahslarida o'yinlar sovrinini qo'lga kiritgan ettinchi amerikalik sportchiga aylandi. 22 yoshli sportchi uchun bu medal Pekindagi ikkinchisi, Olimpiya o'yinlaridagi uchinchi medal bo'ldi. CHen bir necha kun avval jamoaviy bahslarda kumush medalga ega chiqqan edi. SHuningdek, u Pxyonchxan Olimpiadasida terma jamoasi bilan bronza medalini qo'lga kiritgan. 

Yaponiyalik Yuma Nagiyama Pekin Olimpiya o'yinlarida ikkinchi bor sovridorlar qatoridan joy oldi. 18 yoshli Nagiyama 7 fevralda jamoasi bilan bronza medaliga ega chiqqan edi. 

Bugun 3-o'rinni egallagan SHoma Uno ham hamyurti Nagiyama singari Pekindagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi. Pxyonchxan-2018 Olimpiadasida yakkalik bahslarida shohsupaning ikkinchi o'rnini band etgandi. 

Favoritlar qatorida medallarga ega chiqishi kutilgan rossiyaliklardan eng yaxshi natijani Evgeniy Semenenko qayd etdi. U yakkalik bahslarini 8-o'rinda yakunladi. 

Pekin-2022. Figurali uchish. Erkaklar yakkalik 

1. Netan CHen (AQSH) – 332,60

2. Yuma Kagiyama (Yaponiya) – 310,05

3. SHoma Uno (Yaponiya) – 293,00

4. Yudzuru Xanyu (Yaponiya) – 283,21

5. CHxa Djun Xvan (Janubiy Koreya) – 282,38

6. Djeyson Braun (AQSH) – 281,24

7. Daniel Grassl (Italiya) – 278,07

8. Evgeniy Semenenko (Rossiya) – 274,13

9. Czin Boyan (Xitoy) – 270,43

10. Moris Kvitelashvili (Gruziya) – 268,62

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing