16 fev 10:04
Yangiliklar

Pekin-2022 Olimpiadasining ochilish marosimi rekord darajada tomosha qilindi
Pekin-2022 Qishki olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi avvalgi rekordlarni yangiladi.
Muhtasham "Qush uyasi" arenasida o'tgan 24-Qishki Olimpiadaning tantanali ochilishi marosimini butun dunyoda 500 million kishi jonli efirla tomosha qilgan. Bu Qishki Olimpiadaning yangi rekordi hisoblanadi.
Bu haqda Xalqaro olimpiya qo'mitasining marketing va televideniya xizmati direktori Timo Lumme xabar berdi. Avvalgi rekord Sochi-2014 Olimpiadasida qayd etilgan bo'lib, o'shanda ochilish marosimini 398 million kishi jonli efirda tomosha qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar