04 fev 16:52
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlari boshlanishiga roppa-rosa 1 yil qoldi
Yana bir yildan so'ng shu kuni Xitoyning Pekin shahrida navbatdagi qishki Olimpiya o'yinlari start oladi.
Tartib bo'yicha XXIV bor o'tkaziladigan O'yinlar 2022 yilning 4-20 fevral sanalariga belgilangan.
Reglamentga ko'ra, Pekin qishki Olimpiadasida 7 sportning 15 yo'nalishida 109 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Pekin-2022 dasturida eng ko'p konkida yugurish (14ta), fristayl (13ta) va chang'i poygasi (12ta) bo'yicha medallar jamlanmasi o'ynaladi.
Takidlash joiz, musobaqa mezboni Pekin ham qishki, ham yozgi Olimpiya o'yinlarini o'zida qabul qilgan dunyodagi ilk shaharga aylanadi. Umid qilamizki, terma jamoamiz sportchilari yaqin vaqt ichida qishki Olimpiya o'yinlariga bir qator yo'llanmalar olib, musobaqada yurtimiz shanini munosib himoya qilishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar