26 noy 11:55
Yangiliklar
Boshqalar
Pekin-2022 trassasida Jahon kubogi bo'lmaydi
Yana bir necha kundan so'ng biatlon bo'yicha Jahon kubogining yangi mavsumiga start beriladi.
Biroq kutilmaganda Xalqaro biatlonchilar ittifoqi 2021 yilning 23 fevral – 1 mart kunlari Pekinda o'tishi kerak bo'lgan sakkizinchi bosqich mezboni o'zgargani haqida malum qildi.
Takidlanishicha, Xitoydagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab shunday qarorga kelingan. Sakkizinchi bosqich esa 1-7 mart kunlari CHexiyaning Nove Mesto shahriga ko'chirildi. Ahamiyatlisi, ushbu shahar 11-14 mart kunlari 9-bosqichga ham mezbonlik qiladi.
Malumot uchun, biatlon bo'yicha yangi mavsum 28 noyabr kuni SHveciyaning Estersund shahrida boshlanadi. Pekindagi bosqich esa 2022 yil bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari uchun qurilgan trassada tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar