So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

11 dek 08:05
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Pekin-2022 uchun ko'ngilli bo'lishni istaganlar soni million nafarga yaqinlashdi

Nomzodlardan arizalarni qabul qilish boshlanganidan bir yil o'tib, Pekin-2022 tashkiliy qo'mitasi ko'ngillilarni jalb qilish kampaniyasining oraliq natijalarini sarhisob qildi.

960 mingdan ortiq kishi bo'lajak qishki Olimpiya o'yinlarida ko'ngilli yordamchi bo'lish istagida ekanini bildirgan.

Ushbu maqsad uchun 2019 yil 5 dekabrdan boshlab ochilgan internet-portalida 1,22 milliondan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi. Saytga tashriflar soni 33 milliondan oshdi. Tashkiliy qo'mita vakillarining so'zlariga ko'ra, dasturda ishtirok etish uchun arizalar 168 mamlakatdan kelib tushgan. Potencial nomzodlarning 96 foizi 35 yoshgacha bo'lganlardir. Davogarlarning 85 foizi talabalardan iborat. SHunisi etiborga loyiqki, jismoniy imkoniyati cheklangan 2 mingdan ziyod kishi ko'ngilli sifatida ishlash istagini bildirgan.

Hujjatlarni qabul qilish 2021 yil 30 iyungacha davom etadi. Keyin Tashkiliy qo'mita talabgorlarni tanlaydi. Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga yordam berish uchun jami 27 ming, Paralimpiya o'yinlariga yana 12 ming ko'ngillini jalb qilish rejalashtirilgan.

Muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar Tashkiliy qo'mita tomonidan mutaxassislikka o'qishlari talab etiladi. Olimpiya o'yinlarida to'g'ridan-to'g'ri ishlay olmaydigan davogarlarga ikkinchi imkoniyat berilishi mumkin – ularning bazilari shahar ko'ngillilari sifatida o'z kuchlarini sinab ko'rish uchun taklifnoma olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing