12 iyu 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Pettis 45 yoshli Anderson Silvani oktagonga chorladi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Entoni Pettis 45 yoshli faxriy jangchi Anderson Silva bilan jang o'tkazish istagini bildirdi.
Anderson o'rta vazn toifasining sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
"SHaraf uchun jang", — deya "Instagram"da xabar qoldirgan hamda qo'shimchasiga "Anderson Silva" va "185" xeshtegini ilova qilgan Pettis.
Bu bilan amerikalik jangchi Silvaga qarshi bahs uchun o'rta vazn toifasiga ko'tarilish istagida ekanligini bildirgan.
Anderson Silva bu taklifga ijobiy javob bildirgan.
"Do'stim, bu ajoyib jang bo'ladi. Kel, bu jangni muxlislarga taqdim etamiz", — dedi braziliyalik.
Malumot uchun, Pettis so'nggi jangini o'tgan oyda yarim o'rta vaznda Donald Serronega qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Silva esa may oyida Jared Kanonnega yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar