So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

21 okt 13:31
Yangiliklar

Futbol

PFL 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o'tkazdi

Teglar :  PFLSuperliga
Kecha, 20 oktyabr kuni O'zbekiston professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda 2026 yilgi mavsum yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Ayni vaqtda O'zbekistonda OFK licenziyasiga ega chiqqan 17 ta klub mavjud. Ularning 16 tasi Superliga ishtirokchilari hisoblanadi. Pro liga klublari orasidan faqatgina "Lokomotiv" licenziyalash talablarini bajara olgan. SHundan kelib chiqib, Liga uchrashuvni ular ishtirokida tashkil etdi.



Bir hafta muqaddam Liga prof klublarga “Superliga reglamenti-2026” loyihasini taqdim etgandi. Unda bir qator sezilarli qo'shimchalar nazarda tutilgan. Kechagi uchrashuvda bu haqda yuzasidan fikr almashildi. Taxminan 4 soat davom etgan yig'ilish davomida Liga va klublar bir qator masalalarda kelishuvlarga erishdi, endilikda reglamentdagi ayrim masalalar Associaciya ishtirokida ko'rib chiqiladi va shundan keyin uning yakuniy varianti tasdiqlanadi. 



Quyida uchrashuvdan o'rin olgan mavzular bilan tanishish mumkin:  


• Superliga-2026 taqvimi; 

• Superliga qurasining yangi mexanizmi; 

• Superliga stadionlarida VAR markazlarini tashkil etish masalasi; 

• Superliga stadionlarini parvarishlash va ularga texnika jalb etish masalasi; 

• Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari masalasi; 

• Superliga klublari tarbiyalanuvchilarini ro'yxatdan o'tkazish masalasi; 

• Superliga klublari futbolchilarining maydondagi harakati va fiziologik holatini tahlil qiluvchi kompaniyalar bilan ishlash masalasi;

• Superliga o'yinlari intensivligini oshirish, antifutbol holatlariga qarshi kurashish va toza o'yin vaqtida sezilarli o'zgarishlarga erishish masalasi;

• Superliga teletranslyaciyasi masalasi; 

• Tartib-intizom qo'mitasi masalasi; 

• Stadionlar bo'yicha ishchi guruh masalasi; 

• “Superliga reglamenti” yuzasidan muhokama.

Yig'ilishda muhokama qilingan mavzular to'liq bayonlashtiriladi va Liga unda qabul qilingan qarorlar, jiddiy muhokamalarga sabab bo'lgan mavzularni konkretlashtirish ustida ishlaydi. Bu bo'yicha har qanday yangilik Liga sahifalaridan o'rin oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing