09 iyu 13:44
Yangiliklar
Tennis
Plishkova "Uimbldon" bosh sovrini uchun kortga chiqadi
London shahri mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda finalchilar nomi malum bo'ldi. Dunyoning 13-raketkasi bo'lib turgan chexiyalik Karolina Plishkova 4 daqiqasi kam 2 soat davom etgan yarim final uchrashuvida sayyoramizning to'rtinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni 5/7, 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv davomida 29 yoshli Karolina 14, 23 yashar Arina esa 18 ta eys zarbani amalga oshirib, bu boradagi rekordni yangilashdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Sobolenko oldinda bormoqda - 2:1. Endi Plishkova "Uimbldon" bosh sovrini uchun dunyoning birinchi raketkasi, avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar