So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

10 jan 09:08
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Poezddagi mashqlar bilan Olimpiada chempioni bo'lgan ilk qitadoshimiz

Yaponiyalik Mikio Oda Olimpiya o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritgan osiyolik birinchi sportchi hisoblanadi.

Oda 1924 yilda Parijda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida balandlikka va uzunlikka sakrashda yarim final bosqichiga chiqa olgan, uch hatlab sakrashda esa 6-o'rinni egallagan edi.

1928 yilda Amsterdamda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida esa u uch hatlab sakrashda 15 metr 21 santimetr natija bilan Yaponiya va qitamiz tarixida birinchi marta oltin medalni qo'lga kiritgan.

SHunisi qiziqki, o'shanda u Gollandiyaga Sibir orqali poezdda borgan. Uch hatlab sakrash mashqlarini esa poezdning tor kupesida o'tkazgan. Buning ustiga moliyaviy muammolari ham bo'lgan. Oda bor pulini tejash uchun vagon restoranida kuniga bir martagina sho'rva bilan tamaddi qilgan, xolos.

SHu sababli Amsterdamga etib borganida juda ozib ketgan edi. Bu erdagi uch kunlik mashqlar uni avvalgi holatiga qaytargan va Oda uch hatlab sakrashda g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Mikio Oda Olimpiya o'yinlari tashkilotchilarini hayratga solib, oltin medal berilishini kutmasdan o'z yumushlari bilan Parijga jo'nab ketgan. Keyinchalik uning oltin medali Yaponiya terma jamoasining boshqa sportchisiga topshirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing