05 sen 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18597_220.jpg)
Pol Malinyaji: "Konor bilan tekinga urishaman. Uni nokaut qilaman"
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji UFC chempioni Konor MakGregorni jangga chorlashda davom etmoqda.
"Men tavakkal qilishga va u bilan tekinga jang qilishga tayyorman. Uni tishlarini sug'urib olmoqchiman. Konorni nokaut qilaman. Agar bu amalga oshmasa men o'z gonorarimdan voz kechishga ham tayyorman", - deydi bokschi.
Eslatib o'tamiz, Malinyaji Konorga Meyvezerga qarshi jang oldidan sparring raqib bo'lgandi. Lekin, o'shanda MakGregor mashg'ulotlar vaqtida uni nokaut qilgani haqidagi xabarlar tarqalganidan so'ng mashg'ulot zalini janjallashgan holatda tark etgandi.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar