01 mar 15:41
Yangiliklar
Polsha tennis federaciyasi ITF va Tennis Europe shafeligidagi turnirlarda rossiyalik tennischilar bilan bo'ladigan o'yinlarga boykot elon qildi
"So'nggi kunlarda biz Rossiyaning Ukraina va uning aholisiga qarshi qurolli va bosqinchlik agressiyasini diqqat va qayg'u bilan kuzatmoqdamiz. SHuningdek, ITF va Tennis Europe tomonidan elon qilingan bayonotlar bilan tanishdik. Tennischilar davlatining harakatlarida ayblamasliklari kerak. Biroq, Rossiyaning harakatlari nafaqat xalqaro huquqni, balki biz amal qiladigan sport tamoyillarni ham buzyapti.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, terma jamoalar va Rossiya sharafini himoya qiladigan tennischilar bilan bo'ladigan o'yinlarga baykot elon qilamiz. Bu biz uchun qiyin qaror, ammo biz hozirgi vaziyatda qatiy poziciyani egallashimiz kerak deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, ITF va Tennis Europe bizning qarorimizni tushunadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, federaciya ukrainalik qochqinlarga 21 ming evroga yaqin xayriya qilishini malum qilgan.
Fikrlar