29 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore kechagi jangda Xukerdan uch barobar ko'p gonorar oldi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan kechagi UFC Vegas 4 turnirining gonorarlar taqsimoti malum bo'ldi.
Kutilganidek, eng katta gonorarga markaziy jangda g'alaba qozongan Dastin Pore ega chiqdi. Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni 250 ming dollar kafolatlangan gonorarni qo'lga kiritdi. Yana 100 ming dollarni g'alaba uchun, 50 ming dollarni bonus sifatida oldi. Homiylik pularidan yana 20 ming dollarlik chek berildi.
SHu tariqa, Dastin Pore Las-Vegasdagi besh raundlik jangi uchun umumiy hisobda 420 000 dollarga bo'ldi. Uning raqibi Den Xuker esa raqibidan deyarli uch barobar kam pul ishlab oldi. Kafolatlangan gonorar 80 000, bonus 50 000, eng yaxshi jang uchun mukofot 15 000 dollarni tashkil etdi. Umumiy hisobda u 145 000 dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar