13 iyu 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore qaytmoqda! 27 iyun kungi UFC turnirining asosiy kardi va markaziy jangi malum + POSTER
UFC promousheni 27 iyun (Toshkentda 28 iyun tongi) kungi turnirning markaziy jangi hamda asosiy kard janglarini tasdiqladi.
UFC on ESPN 12 turnirining markaziy jangi engil vaznda sobiq vaqtinchalik chempion amerikalik Dastin Pore hamda Den Xuker o'rtasida bo'lib o'tadi. Pore BAAda o'tgan oqshomda Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergan edi.
Ushbu turnir aslida may oyida AQSHning Kaliforniya shtati San-Diego shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab shou bekor bo'lgandi. Endi oqshomga Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi.
UFC on ESPN 12. 27 iyun. Asosiy kard
Dastin Pore — Den Xuker
Miki Gall — Mayk Perri
Yan Xeynish — Brendon Allen
Jian Villante — Moris Grin
Aspen Ledd — Sara Makmenn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar