25 iyu 09:51
Yangiliklar

Pore Xabib bilan jangda Getjiga "setka"ga yaqinlashmaslikni maslahat berdi
Getji Toni Fergyusonni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqqan va Xabib Nurmagomedov bilan chempionlik jangida oktagonga ko'tarilish imkoniyatini qo'lga kiritgandi.
"Getji imkon qadar oktagon markazida jang qilishga intilishi kerak. SHundagina g'alabaga bo'lgan imkoniyati oshadi. Agar "setka"dan uzoqroqda jang olib borsa, Xabibga etarlicha muammo tug'diradi. Mabodo, Nurmagomedov Jastinni "setka"ga taqab olsa yoki parterga tushirsa, u holda Xabibni g'alaba bilan tabriklasa bo'ladi. Boshimdan o'tkazganim uchun bu maslahatlarni beryapman", — dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore 2019 yilning sentyabr oyida Xabib Nurmagomedovga yutqazgandi. Jastin Getji — Xabib Nurmagomedov jangi sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
Fikrlar