25 iyu 06:44
Yangiliklar

Pound-For-Pound reytingida Jons hamon peshqadam, Xabib esa...
Pound-For-Pound, yani vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli jangchilari reytingida hamon og'ir vaznda UFC chempioni Jon Jons peshqadamlik qilyapti. Jons gonorar masalasida tashkilot prezidenti Dena Uayt bilan janjallashib qolgach, UFCdan ketishini malum qilgandi.
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ushbu reytingning ikkinchi pog'onasida qolgan. Kuchli uchlikka eng og'ir vazn toifasi chempioni Stipe Miochich yakun yasagan. Top-15 reytingida avvalgisi bilan taqqoslaganda hech qanday o'zgarish kuzatilmagan.
Pound-For-Pound reytingi. TOP-10
1. Jon Jons
2. Xabib Nurmagomedov
3. Stipe Miochich
4. Israel Adesanya
5. Daniel Korme
6. Kamaru Usman
7. Aleksander Volkanovski
8. Konor Makgregor
9. Maks Xollouey
10. Jastin Getji
Fikrlar