18 noy 10:40
Yangiliklar
Tadbirlar, Ot Sporti
Poytaxtda otliq suvoriylar, motocikl va velopoygachilar paradi o'tkazildi FOTOREPORTAJ
18 noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan joylarda turli darajadagi tadbirlar bo'lib o'tmoqda.
Jumladan, ana shunday tadbirlardan biri Toshkent shahrida o'tkazildi. Jami 150 ta bayroq ko'targan otliq va motociklchilar poytaxtimizning Amir Temur maydonidan manzil tomon oshiqdilar.
Poytaxtning yana bir manzilidan 100 ta bayroq ko'targan velomarafon ishtirokchilari ham ushbu harakatga qo'shildilar. Ular “Ashxobod” bog'idan Maxtumquli, Abdulla Qodiriy, Paxtakor, Islom Karimov ko'chalari bo'ylab "Xalqlar do'stligi" saroyi tomon yurishni boshladi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar