So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

05 noy 17:17
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Pragada MOQAning XXII Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunladi

CHexiya poytaxti Pragada Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining XXII Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Unda Associaciyaga azo barcha – 206 ta Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari, Xalqaro va qita Olimpiya qo'mitalari rahbarlari, Butunjahon sport federaciyalar va Associaciyalar mutasaddilari ishtirok etishdi. Mamlakatimiz nomidan Milliy olimpiya qo'mitalari Associacciyasi (MOQA) Bosh Assambleyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashdi. 

Xabar berib o'tganimizdek, CHexiyaga safari davomida Oybek Omilovichning bir qator Xalqaro sport tashkilotlari, federaciya va Associaciyalar rahbarlari bilan uchrashuvi belgilab qo'yilgandi. Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi XOQ qoshidagi “Olimpiya Birdamligi” dasturi direktori Pere Miro, Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) Prezidenti doktor Xulio Sesar Maglione, Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich, Kurash xalqaro Associaciyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmon, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi Bosh kotibi Emmanuel Katsiadakis, Xalqaro gimnastika federaciyasi Prezidenti Morinari Vatanabe, ushbu federaciya Bosh kotibi o'rinbosari Nikolas Buompan, Xalqaro engil atletika federaciyalari Associaciyasi (IAAF) birinchi vice-prezidenti Sergey Bubka va boshqa mutasaddilar bilan uchrashdi.
Albatta bu uchrashuvlardan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Xalqaro sport tashkilotlari, federaciyalar va Associaciyalar bilan hamkorlik rishlarini mustahkamlash, jahon sporti mutasaddilarini yurtimizga taklif etish, o'zbek sportninig bugungi kundagi salohiyatini dunyoga tanitishdan iborat edi.
XOQ qoshida faoliyat olib boradigan “Olimpiya birdamligi” dasturi olimpiya oilasining eng nufuzli tashkilotlaridan hisoblanib butun dunyoda olimpizm g'oyalarini targ'ib etishda Milliy olimpiya qo'milariga yaqindan yordam berib keladi. Ushbu dastur direktori Pere Miro bilan bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik doirasini kengaytirish borasida fikr almashildi.
Bugungi kunga qadar O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va “Olimpiya birdlamligi” dasturi hamkorligi natijasida sport kadrlari malakasini oshirish yo'lida mamlakatimizda bir qator o'quv-treninglar, texnik kurslar va seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqa. Ortda qolgan davr mobaynida MOQ Xalqaro olimpiya qo'mitasi yordamida badiiy va sport gimnastikasi, qilichbozlik, basketbol, sport kurashlari, taekvondo, dzyudo, engil atletika, suzish, voleybol, ot sporti, figurali uchish, o'q otish va boshqa sport turlari mutaxassislari uchun 40 dan ziyod o'quv kurslari tashkil etdi.

Qolaversa, “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida O'zbekistonning eng iqtidorli va kelajagi porloq sportchilariga har Olimpiya ciklida maxsus stipendiyalar ajratilib kelinmoqda. Bu ham o'z navbatida olimpiya terma jamoasi azolariga qo'shimcha rag'bat bo'lib xizmat qilib, ularni yangidan yangi marralar sari odimlashlarida turtki bo'lmoqda. Janob Pere Mire va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi o'rtasidagi uchrashuvda hamkorlik doirasini yanada kengaytirish, o'zaro yangi dastur va loyixalarni amalga oshirish masalasida kelishuvga erishildi.

Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) Prezidenti doktor Xulio Sesar Maglione esa joriy yilning sentyabr oyida mamlakatimizda bo'lib o'tgan suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etilganligidan mamnun ekanligini yashirmadi. Toshkent sportning ushbu turi bo'yicha bundan-da nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish qudratiga ega ekanligini takidlab o'tdi.
Qita chempionati bizga sinov tariqasida berilganligi va O'zbekiston bu sinovdan muvaffaqiyatli o'tganligini bildirar ekan, doktor Maglione bundan buyon endi jahon miqyosidagi musobaqalar mezbonligini ham hech ikkilanmasdan poytaxtimizga berish mumkinligi xaqida gapirdi.
Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) rahbari Nenad Lalovich ushbu tashkilot Prezidentligiga aynan Toshkentda saylanlanganini faxr bilan esga oldi. 2014 yilning 7 sentyabr kuni poytaxtimizda Birlashgan Kurash usullari Xalqaro Federaciyasi (FILA) ning Kongressi o'tkazalib, unda tashkilot nomini Birlashgan Kurash Dunyosi (UWW) ga o'zgartirish xaqida qaror qabul qilingan va serbiyalik Nenad Lalovich unga Prezident etib saylangandi. O'zbekiston ushbu tashkilotning eng faol azolaridan hisoblanadi. 2000 yildan beri birorta yozgi Olimpiya o'yinlari yo'qki sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari sovrindorlar safidan joy olmagan bo'lsalar. Lalovich mamlakatimizda sportning ushbu turi kelajagiga yuqori baho berar ekan, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlarida ham o'zbekistonlik sportchilardan eng yuqori natijalarni kutayotganligini takidlab o'tdi.
Malumki, joriy yilning 2 oktyabrida muhtaram Prezidentimizning “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari elon qilindi. Milliy sportimiz taraqqiyoti va uni butun dunyoda yanada ommaviylashtirish yo'lida imzolangan ushbu tarixiy xujjat xaqida Kurash xalqaro Associaciyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmon ham to'lqinlanib gapirdi.
Kurash xalqaro Associaciyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qitasidagi 129 ta milliy federaciyani birlashtirgan. 2017 yil 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh Assambleyasida Kurash milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga rasman kiritildi. Kurash xalqaro Associaciyasi va O'zbekiston Respublikasi kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, kelgusida esa Olimpiya o'yinlari dasturiga ham kiritish bo'yicha faol tadbirlarni amalga oshirmoqda. Haydar Farmon bilan tashkil etilgan uchrashuv chog'ida Kurash sport turini butun dunyoda yanada rivojlantirish, kelajakda uni olimpiya oilasiga kiritish xaqida fikr almashildi.
Jahon sportining tirik afsonasi Sergey Bubka yaqin orada Toshkentga tashrif buyurishi, bundan 3 yil avval o'zi birinchi g'ishtini qo'yib bergan poytaxtimizdagi zamonaviy engil atletika majmuasi va sport bazasini shaxsan o'zi ko'zdan kechirish niyati borligini izxor qildi. 
SHuni takidlash lozimki, Oybek Kasimovning CHexiyaga safari anchagina samarali bo'ldi. Yuqorida keltirib o'tilgan uchrashuvlardan tashqari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi shuningdek, bir qator Milliy olimpiya qo'mitalari Prezidentlari va Bosh kotiblari bilan ham suhbatlashdi. Jumladan Rossiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Aleksandr Jukov, Qatar Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti shaxzoda Djoan bin Xamad bin Xalifa Al Tani, Qozog'iston, Gruziya, Quvayt va Turkmaniston Milliy olimpiya qo'mitalari Bosh kotiblari bilan muzokaralar olib bordi.
Pragadagi Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining XXII Bosh Assambleyasi esa o'z ishini yakunladi. Oldinda bizni qator nufuzli xalqaro musobaqalar kutib turibdi. 2018 yilning o'zida Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o'yinlari, Argentinada III o'smirlar Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi va ularda O'zbekiston terma jamoasi ham katta delegaciya bilan ishtirok etadi.

Ushbu musobaqalar eng avvalo Tokio 2020 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun tayyorgaralik vazifasini o'tab beradi. Ishonamizki, CHexiya poytaxtida jahon sportining eng nufuzli tashkilotlari, Xalqaro sport federaciya va Associaciyalari bilan o'rnatilgan hamkorlik rishtalari, olib borilgan muzokara va uchrashuvlar yurtimiz sportchilarining Olimp shohsupasiga ko'tarilishiga zamin yaratadi va bu borada albatta o'z samarasini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing