23 okt 10:05
Yangiliklar

U-23 Jahon chempionati. Abror Atabaev kumush, Hojiakbar Qo'chqorov esa bronza medalini qo'lga kiritdi
Kecha musobaqaning ikkinchi kuni doirasida O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi ikkita medalga ega chiqdi.
55 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hojiakbar Qo'chqorov musobaqa bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik Armin Saadi SHamsipurajiga hech qanday imkon qoldirmadi — 8:0. Bu jamoamizning musobaqa doirasidagi ilk medaliga aylandi. SHu tariqa, 18 yashar Hojiakbar Qo'chqorov U-23 Jahon chempionatida uchinchi bo'ldi.
Bundan tashqari, tajribali Abror Atabaev (72 kg) JCH finaliga qadar etib bordi. U hal qiluvchi bahsda Eron vakili Xusseyn Mohammadiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, terma jamoamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi.
Hozirda O'zbekiston delegaciyasi hisobida 1 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud. Musobaqada ayollar kurashi va yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar davom etmoqda.
Fikrlar