14 avg 09:27
Yangiliklar
Tennis
Prague Open. Simona Xalep bir amalladi
CHexiya poytaxti Praga shahrida WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Simona Xalep musobaqaning ikkinchi davrasida qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Ruminiyalik tennis malikasi reytingning 118-pog'onasidan joy olgan chexiyalik Barbora Kreychikovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 7/5, 6/2.
Uchrashuv 125 daqiqa davom etgan. Har ikki tennischi ham ikkitadan eys zarbasini amalga oshirishdi. 28 yoshli Xalep o'zaro uchrashuvlarda ikkinchi g'alabasiga erishdi. Barbora ikkinchi bahsda ham yutqazdi. Endi Simona Prague Open 1/4 finalida polshalik Magdalena Freshga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar