So’nggi yangiliklar

19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0

28 avg 13:02
Yangiliklar

Parij-2024

Prezident Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini takidladi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident SHavkat Mirziyoev Ko'ksaroyda Parij Olimpiadasida qatnashgan sportchilarimizni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvda bir qator masalalarga to'xtalib o'tdi. Jumladan, Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlashni, yana bir necha yo'nalishlarda ham imkoniyatlarimiz ko'pligi aytildi.

Bu haqida Prezident matbuot kotibi SHerzod Asadov malum qildi.

Prezidentimiz Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028 yili Los-Anjelesda bo'ladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.

Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi bo'yicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi.

Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, engil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, o'q otish va kamondan otish, gimnastika bo'yicha bizda sport federaciyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham etarli ekani takidlandi. 

CHim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik bo'yicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlarimiz juda ko'pligi qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing